Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 21 mart, payshanba kuni Gongkongga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Qayd etib o‘tish joiz, o‘yin boshida Eldor Shomurodov tomonidan urilgan gol hakam tomonidan bekor qilindi. O‘sha vaziyatda to‘p qo‘lga tegdi deb hisoblandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa Srechko Katanes shogirdlari hisobni ochdi. 49-daqiqada Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Srechko Katanes jamoasi E guruhida ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi.
Gongkong – O‘zbekiston 0:2
Gollar: 0:1 — 49 Eldor Shomurodov, 0:2 — 66 Rustam Ashurmatov.
Gonkong: 1. Yapp Xung Fai, 2. Oliver Benjamin Gerbi, 5. Helio Gonsalves, 6. Vu Chung Lok, 8. Tan Chun Lok, 9. Matt Orr (20. Maykl Udebuluzor,63), 11. Everton Kamargo (14. Poon Pui Hin, 63(16. Chan Siu Kvan Filip, 21. Yu Tze Nam, 22. Soaresh Valter, 23. Sun Ming Him.
Zahira: 18. Pong Cheuk Hei, 19. Tse Ka Ving, 4. Yu Vai Lim, 12. Lam Hin Ting, 13. Li Ngai Hoi, 15. Chang Hei Yin, 17. Vong Tsz Ho.
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farruh Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov (23. Husniddin Aliqulov, 70) 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (21. Azizbek Amonov, 81), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46).
Zahira: 12. Abduvohid Ne’matov, 16. Botirali Ergagashev, 3. Akramjon Komilov, 8. Jamshid Iskanderov, 13. Zafarmurod Abdirahmatov, 18. Abdulla Abdullayev.
Guruhning ikkinchi o‘yini Eron va Turkmaniston jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 21:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”