JCH-2026 saralashi Gonkonga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin Srechko Katanes va Eldor Shomurodov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- O‘yin haqidagi fikrlaringiz
- Birinchi navbatda jamoamni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Bugun yaxshi o‘yin namoyish etdik va ajoyib ish bajardik. Uchrashuvda ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq uchta gol urib, masalani hal etishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda esa raqib darvozasi yaqinida agressivroq o‘ynashni boshladik va ikkita gol urdik. Shu bilan o‘yin masalasi hal etildi. Bugungi natijadan ko‘nglim to‘ldi.
Eldor Shomurodov
- Bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi bo‘lim avvalida tezkor gol urib, uchrashuvda hisobni ochdingiz. Siz urgan gol bugungi uchrashuvda qanchalik burilish yasay oldi?
- Ikki taymda ham o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Lekin gol ura olmadik. Bizda avvaldan ishonch bor edi va 3 ochko bilan qaytishimizga ishongan edim.
- Janob Katanes, bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Eldor Shomurodov jarohatidan forig‘ bo‘lib maydonga qaytdi va bugun gol urdi. Eldor jarohati sababli Osiyo kubogini o‘tkazib yuborgandi. "Kalyari" hujumchisi jarohatdan qaytgani jamoangizga qanday ta’sir o‘tkazdi? Shomurodov va Shomurodovsiz jamoa orasida qanchalik katta farq bor?
- Osiyo kubogidan avval ham ushbu gapni ko‘p marotaba aytganman. Eldor men uchun eng muhim o‘yinchi. Shomurodov terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar. U hujumda juda xavfli va to‘pni o‘zi bilan yaxshi ushlab tura oladi. Afsuski, Osiyo kubogida Eldorsiz o‘ynadik. Biroq u vaqt o‘tib ketdi va tarixga aylandi. Oldindagi o‘yinlar haqida o‘ylashimiz kerak.
- Gonkonga qarshi kechgan bugungi uchrashuvda eng qiyinchilik tug‘dirgan jihat nima bo‘ldi?
- To‘g‘risini aytsam, raqibimizning boshqa jamoalarga qarshi kechgan o‘yinini tomosha qilmadim. Biz Gonkongdan kuchliroq terma jamoamiz va buni tan olish kerak. Lekin o‘yin vaqti gol urmasangiz hisob 0:0 bo‘lib qolaveradi va raqib sizni jazolashi mumkin. Raqibimiz mezbon sifatida o‘ynayotgani uchun ularda ustunlik bor edi, muxlislarning qo‘llab quvvatlashini ko‘rdingizlar. Bu esa mening jamoamga ruhiy tomonlama bosim o‘tkazishi mumkin edi. Bunday o‘yinlarda yutqazib qo‘yish hech gap emas. Siz vaziyatlar yaratasiz, ammo raqib gol urib ketadi. Murabbiylik tajribamda bunday uchrashuvlar ko‘p bo‘lgan. Bunday uchrashuvlarda hatto autlar ham juda katta ahamiyatga ega. Bizning tarkibda esa bo‘yi baland futbolchilar ko‘p emas va ikkinchi qavatda kurash olib borish qiyin. Bugun esa biz ushbu vazifani uddaladik.
Eldor Shomurodov
- Bugun birinchi bo‘limda gol ura olmadingizlar va bu sizlarga qanchalik xalal berdi. Gol urilmagani sababli futbolchilar xavotirga tushishi mumkin edi?
- Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashdik va g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytdim. Biz o‘z kuchimizga ishondik va tanaffusdan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etdik.
- Gonkong terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokiga qanday baho berasiz?
- Bu savolga javob berish qiyin. Sababi, Osiyo kubogidan oldin terma jamoa uzoq vaqtli yig‘in o‘tkazishadi. Gonkong terma jamoasining ishtirokini yaxshi baholayman. Ayniqsa, Eronga qarshi uchrashuvda juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi va kamida 2-3ta golli vaziyat yaratishdi. Bugun esa ular bitta yaqqol golli vaziyat yaratishganini eslay olmayman. Bu bizning yaxshi tayyorgarlik ko‘rganimizdan dalolat. Osiyo kubogida "Ajdarxo"lar hujumda ancha yorqinroq o‘ynashgan edi.
- Bugungi g‘alabadan so‘ng guruhda peshqadam bo‘lib oldingizlar. Saralash bosqichining keyingi uchrashuvlari haqida nima deya olasiz?
- Har bir uchrashuv biz uchun juda muhim. Bugungi uch ochko ham katta yutuq. Keyingi uchrashuvda ham shunday o‘yin namoyish etishimiz kerak.
Srechko Katanes
- Saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvni mehmonda Turkmanistonga qarshi o‘tkazdik. Turkmanistondagi maydon holati juda yomon edi. Turkmaniston terma jamoasi o‘z o‘yinlarini boshqa stadionda o‘tkazadi, ammo bizga uchrashuvda ular aynan yomon holatdagi stadionni tanlashdi. Gonkong ham bugun shunday yo‘l tutdi. Aslida Gonkong terma jamoasi boshqa stadionda o‘ynaydi. Men OFKga murojaat qilmoqchiman, jahon chempionati saralash o‘yinlarini bunday stadionda o‘tkazish noto‘g‘ri. Sportchilar jarohat olishi mumkin. Bunday maydonlar talabga javob bermaydi.
Eldor Shomurodov
- Bugungi maydon o‘lchami kichkina edi. Maydon 4 metrga kichkinaroq edi. Qoidalar hamma uchun bir xilda ishlashi kerak. Biz kichik maydonda o‘ynashga majbur bo‘ldik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”