Foto: Futbol 24
Starlizard Integrity Services (SIS) tahlil kompaniyasi kelishilgan futbol o‘yinlariga oid yillik hisobotini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, 2023 yilgi 167 ta o‘yin shubhali deb tan olindi.
Solishtirish uchun: 2022 yilda 144 ta o‘yin shubha ostiga olingandi.
Tadqiqotchilar jahon bo‘yicha 65 mingta o‘yinni tahlil qilib chiqishdi. Shubhali tuyulgan o‘yinlarning 69 tasi (41,3 foizi) UYEFA tomonidan Yevropada; 42 tasi (25,2 foizi) oliy ligalarda; 10 foizi o‘rtoqlik o‘yinlarida; 6 foizi yoshlar jamoalari o‘yinlarida kuzatilgan.
«Afsuski, bizning xulosalarimiz futbolning butunligi doimiy va tashvishli xavf ostida ekanidan dalolat beradi, shubhali o‘yinlar soni esa yildan-yilga oshmoqda», — SIS rahbari Affi Shayxdan iqtibos keltirdi Odds nashri.
Starlizard Integrity Services «shubhali» o‘yinlarni bukmekerlarga tikilgan pullar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va bukmekerlik liniyasidagi turli harakatlarga qarab aniqlaydi. Kompaniya gumon qilingan o‘yinlar bo‘yicha tegishli organlar surishtiruv olib borishi shart, deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi