05:50 / 04.04.2024
113

APL. “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘z maydonida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

APL. “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘z maydonida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasi 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 3 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Siti” “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Rodri hisobni ochdi. 20-daqiqada Dyuran muvozanatni tikladi. Bo‘lim oxirida esa Foden “shaharliklar”ni yana bir bor hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Fil yana ikki bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ushbu gollardan so‘ng darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Pep Gvardiola jamoasi muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Arsenal” o‘z maydonida “Luton”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Londonliklar safida Martin Edegor gol muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bitta gol Hasioka hisobiga avtogol sifatida yozildi.

“Manchester Siti” –“ Aston Villa” 4:1
Gollar
: 1:0 – 11 Rodri, 1:1 – 20 Dyuran, 2:1 – 45+1 Foden, 3:1 – 62 Foden, 4:1 – 69 Foden.
“Manchester Siti”: Ortega, Lyuis, Ruben Diash, Akanji, Gvardiol, Grilish, Bernardu Silva (Kovachich, 75), Rodri (Mateush Nunesh, 75), Foden (Bobb, 80), Doku (Serxio Gomes, 80), Alvares.
“Aston Villa”: Olsen, Konsa, Diego Karlos, Langle, Din, Duglas Luis (Chembers, 64), Zaniolo (Kellimen, 77), Iroegbunam (Tilemans, 63), Diabi (Beyli, 63), Rojers, Dyuran (Moreno, 71).
Ogohlantirishlar: Grilish (32), Duglas Luis (38).

“Arsenal” –“ Luton” 2:0
Gollar
: 1:0 – 24 Edegor, 2:0 – 44 Hasioka (avtogol).
“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 74), Parti (Rays, 67), Edegor, Smit-Rou (Jorjino, 85), Havers (Nketia, 66), Trossard, Nelson (Martinelli, 75).
“Luton”: Kaminski, Hasioka, Menji, Kabore, Onedinma (Vudrou, 75), Dauti, Taunsend (Berri, 81), Barkli, Klark, Raddok-Mpanzu (Chong, 53), Morris.
Ogohlantirishlar: Havers (66), Onedinma (74).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘z maydonida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi