15:34 / 04.04.2024
557

Raqibning burnini sindirgan "Sho‘rtan" darvozaboniga qanday chora ko‘rildi?

Raqibning burnini sindirgan "Sho‘rtan" darvozaboniga qanday chora ko‘rildi?
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Proliganing 4-turidan joy olgan "Mash’al" — "Sho‘rtan" uchrashuvida mehmonlar posboni Sherzod Abduraimov o‘yin yakuni arafasida raqib futbolchisi Ibrohim G‘anixonovga qasddan tan jarohati yetkazgani yuzasidan o‘z qarorini e’lon qildi.

"Proliga 4-turidan joy olgan "Mash’al" — "Sho‘rtan" uchrashuvining 87-daqiqasida mehmonlar posboni Sherzod Abduraimov sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatni amalga oshirdi. U avvaliga o‘z darvozasidan ikkinchi golni o‘tkazib yubordi. Keyin esa uni nishonlayotgan Mash’al futbolchisi Ibrohim G‘anixonovning yuz qismiga boshi bilan zarba berib, raqibini jarohatladi.

Bu Sherzod Abduraimov bilan sodir etilayotgan nomaqbul harakatning birinchisi emas. U 2020-yilning 1-dekabr kuni Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Farg‘onaning ikki klubi — Neftchi va Turon o‘rtasidagi uchrashuvda ham o‘z xulqi bilan yodda qolgandi. Bellashuvni boshqarib borgan hakamga hujum qilganlar orasida Abduraimov ham bo‘lib, O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi buning uchun darvozabonni 1 yil muddatga futboldan chetlatgan va 15 million so‘m jarimaga tortgandi.

Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda Sho‘rtan futbolchisi o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan avvalgi sanksiyadan tegishli xulosa chiqarmagani ko‘rindi. Shundan kelib chiqib, uning navbatdagi qo‘pol xatti-harakati O‘FA qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi", - deyiladi Liga xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raqibning burnini sindirgan "Sho‘rtan" darvozaboniga qanday chora ko‘rildi?