YECHL 1/4 final. "Barselona" Parijda PSJni taslim etdi!

YECHL  1/4 final. "Barselona" Parijda PSJni taslim etdi!
Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan PSJ - "Barselona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda "ko‘k-anorranglilar" 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, Rafinya bellashuvning 37-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, 48-daqiqada Dembele muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmay, Vitinya parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Shunday bo‘lsada, "Barsa" qolgan vaqt davomida Rafinya va Kristensen tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi.

YECHL 1/4 final
PSJ (Fransiya) – "Barselona" (Ispaniya) 2:3

10 aprel, 23.59, "Park de Prens"
Gollar: 0:1 – 37 Rafinya, 1:1 – 48 Dembele, 2:1 – 50 Vitinya, 2:2 – 62 Rafinya, 2:3 – 77 Kristensen.
PSJ – Donnarumma, Markinos, Ernandes, Lukas Beraldo, Mendesh, Vitinya, Ruiz, Li Kan In, Asensio (Bredli Barkolya 46), Dembele, Mbappe.
"Barselona" – ter Shtegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Serxi Roberto (Pedri 61), Gyundogan (Fermin Lopes), de Yong, Rafinya, Yamal (Joau Feliks 61), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Serxi Roberto (34), Vitinya (65), Pau Kubarsi (82), Andreas Kristensen (88), Lukas Beraldo (89), Fermin Lopes (89).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar