SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev U-23 Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Xabaringiz bor, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim etadigan Osiyo Kubogi musobaqasi 15 aprel kuni start oladi va bu turnir FIFA kunlari doirasida o‘tkazilmaydi. Shu bois klublar o‘z futbolchilarini bunday musobaqalarga qo‘yib yuborishni istamaydi, ammo O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillarining SSKA bilan muzokaralari ijobiy yakun topgan va Moskva klubi Abbos Fayzullayevga ruxsat bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachi 26 aprel kuni Dohaga uchib boradi. Bu degani u terma jamoaga chorak finaldan boshlab ko‘maklashadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-turni 17 aprel kuni Malayziyaga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, 20 aprelda Kuvayt, 23 aprelda esa Vetnam bilan bahs yuritadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi