
Foto: Getty Images
Super yarim oʻrta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) keyingi jangini yarimoʻrta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga qarshi oʻtkazishi mumkin.
Tribuna.uz manbasiga koʻra, Isroil vazn toifasidan qat'i nazar BoxRec reytingida peshqadamlik qilayotgan Terens Kroufordaga qarshi ringga koʻtariladi va WBA kamarini himoya qiladi.

Jang shu yilning avgust oyida AQShning Kaliforniya shtatida oʻtkazilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, amerikalik 36 yoshli charmqoʻlqop ustasi professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan.
Eslatib oʻtamiz, engilmas Krouford soʻnggi bor 2023 yilning iyul oyida hamyurti Errol Spensni muddatidan avval magʻlub etgandi. Isroil Madrimov esa shu yilning mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovdan ustun kelib, WBA kamarini qoʻlga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar