21:14 / 14.04.2024
158

Ro‘ziqul Berdiyev: "Navbahor" darvozabonining ishonchli harakati mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Navbahor" darvozabonining ishonchli harakati mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi"
O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Igor Golbanning kutilmaganda olgan jarohati rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Uning o‘rnini to‘ldirish uchun G‘olib G‘aybullayevni himoya markaziga o‘tkazdik. Yigitlar harakat qilishdi. "Navbahor" darvozabonining ishonchli harakati mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi.

- Igor Golbanning holati qanday?
- Mushaklarini tortib olgan deyishdi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng vaziyatini bilib olamiz.

- Bu guruh chindan "o‘lim guruhi" maqomiga mos kelayapti. "Nasaf"ga Superliga, OCHL va kubok uchrashuvlarida ishtirok etish qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
- Hozircha qiyinchilik tug‘dirmayapti. Bir hafta bitta o‘yin o‘tkazayapmiz. Shu bois har bir uchrashuvga jiddiy hozirlik ko‘rayapmiz. Bu guruhning har bir vakili finalgacha bora oladigan salohiyatga ega. Balki guruhning ikki jamoasi finalda ham to‘qnash kelishi mumkin.

- Igor Golban jarohat olgan vaziyatda Jambuli Jigauri ham almashtirildi. Buning sababi nima?
- Golban almashtirilganidan so‘ng taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdik. G‘olib G‘aybullayev himoya markaziga o‘tdi. Mozgovoy ham himoya chizig‘iga yordam berdi. Jigaurini taktik o‘zgarish sabab zaxiraga olishga majbur bo‘ldik.

- Sizningcha, "Navbahor"ning ayni damdagi tarkibi kuchlimi yoki Samvel Babayanmi?
- Jamoaga umumiy ta’rif berishim mumkin. Kimningdir shaxsiyati haqida fikr bildirish noto‘g‘ri bo‘ladi. "Navbahor" hozir yurtimizdagi eng kuchli jamoalardan biri. Tarkib ham, murabbiylar shtabi ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Navbahor" darvozabonining ishonchli harakati mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi"