Gretsiyada Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari mash’ali yoqildi

1 daqiqa o'qish129
Gretsiyada Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari mash’ali yoqildi
Foto: 24-kanal Sport
Gretsiyadagi Qadimiy Olimpiyada 2024 yilgi Parij Olimpiadasi mash’alini yoqish marosimi o‘tkazildi. Bu yerda miloddan avvalgi 776 yilda birinchi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan.

Marosim Olimpiya o‘yinlari madhiyasi sadolari ostida uning bayrog‘i ko‘tarilishi bilan boshlandi. So‘ngra Fransiya va Gretsiya bayroqlari ko‘tarilib, opera qo‘shiqchisi Joys Didonato ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

TASS xabariga ko‘ra, oliy ruhoniy roli topshirilgan aktrisa Meri Mina qadimgi yunon Gera ibodatxonasi qurbongohida parabolik ko‘zgu yordamida quyosh nuridan olovni yoqa olmagan, bunga noqulay ob-havo xalaqit bergan. Mash’alani dushanba kungi bosh repetitsiyada olingan olovdan yoqishga to‘g‘ri kelgan.

Olimpiya mash’ali butun Gretsiya bo‘ylab olib o‘tiladi va 8 may kuni Fransiyaning Marsel shahriga yetkaziladi.

Tantanali marosimda Greytsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, Gretsiya Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Spiros Kapralos va boshqa rasmiy shaxslar qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Yozgi olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?