Malayziya olimpiya terma jamoasi darvozasiga ikkinchi golni urgan futbolchimiz Ulug‘bek Hoshimov uchrashuvdan so‘ng saytimizga kichik intervyu berdi.
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Avvalambor barcha o‘zbek halqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun bizni qo‘llab quvvatlab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Dastlabki uchrashuv qiyin kechishi aniq edi. Muhimi biz g‘alaba qozondik. Keyingi bahslarda ham g‘alaba qozonishni niyat qilganmiz. Maqsadimiz kubokni O‘zbekistonga olib ketish.
- Bosh murabbiy sizga ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdi. Ushbu tarkibda raqobat juda kuchli. Hujumchilar o‘rtasidagi raqobat haqida gapirib o‘tsangiz?
- Bosh murabbiyning qarori har doim to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Rotatsiya qilinmasa raqobat bo‘lmaydi. Hozirgi tarkibda 3-4 hujumchi bor. Barcha hujumchilar asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishmoqda. Raqobat bo‘lmasa rivojlanish bo‘lmaydi.
- Joriy mavsum "Surxon" jamoasiga ko‘chib o‘tdingiz. Yangi jamoangiz haqida nimalar deya olasiz? "Surxon" jamoasi mavsumni yomon boshladi, ammo keyinchalik vaziyatni o‘nglab oldi?
- Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Dastlabki turlarda mag‘lubiyatga uchradik, biroq futbolchilar bilan vaziyatni to‘g‘irlash kerakligi haqida kelishib oldik va o‘yinimizni yaxshilab oldik. G‘alabalar sekin-astalik bilan kelmoqda. "Surxon" buyog‘iga natijalarini yaxshilab boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi