“Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: Getty Images
Yevropa Ligasi 1/4 finali javob bahsida “Bayer” Londonda “Vest Hem” (1:1) bilan to‘qnash kelib, 89-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Germaniya klubi o‘z maydonida erishgan g‘alaba (2:0) evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa Leverkuzen klubining mag‘lubiyatsiz seriyasi 44 ta o‘yinga yetdi va Alonso shogirdlari top-10 ligada “Yuventus” o‘rnatgan tarixiy rekordni yangiladi. Italiya klubida bu ko‘rsatkich 43 o‘yindan iborat edi.
“Bayer” klubi bu mavsumda biror marta yutqazmadi. Jamoa Bundesligada chempion bo‘ldi, Yevropa Ligasida yarim finalga yo‘l oldi va Germaniya Kubogi finalida «Kayzerslautern» bilan o‘ynaydi.
Final uchrashuvi 25 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yevropa Ligasi 1/4 finali javob bahsida “Bayer” Londonda “Vest Hem” (1:1) bilan to‘qnash kelib, 89-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Germaniya klubi o‘z maydonida erishgan g‘alaba (2:0) evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa Leverkuzen klubining mag‘lubiyatsiz seriyasi 44 ta o‘yinga yetdi va Alonso shogirdlari top-10 ligada “Yuventus” o‘rnatgan tarixiy rekordni yangiladi. Italiya klubida bu ko‘rsatkich 43 o‘yindan iborat edi.
“Bayer” klubi bu mavsumda biror marta yutqazmadi. Jamoa Bundesligada chempion bo‘ldi, Yevropa Ligasida yarim finalga yo‘l oldi va Germaniya Kubogi finalida «Kayzerslautern» bilan o‘ynaydi.
Final uchrashuvi 25 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…