
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini O‘zbekiston vaqti bilan 21 aprel tongida o‘tkazdi.
Bektemir fransiyalik Per Yuber Dibombegaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang 7-raundda Bektemirning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi. 7 raunddan so‘ng hisoblangan ochkolar bo‘yicha (79-73, 79-73, 78-74) Meliqo‘ziyev raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.
Shuningdek, Bektemir WBA reytingini ham yaxshilab oldi. Dibombe esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar