date
views 212

UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)

UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Toshkent vaqti bilan 28 aprel tongida UFC Vegas 91 turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakili Bogdan Guskov (15-3) Rayan Spennga (21-9) qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Guskov jangning ikkinchi raundida raqibini nokautga uchratib, muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu Bogdan uchun UFC'dagi uchinchi jang va ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.

Guskov promoushendagi debyutini shveysariyalik Volkan O‘zdemirga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi. Ikkinchi jangda esa AQSH vakili Zak Paugani nokautga uchratgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)