
Indoneziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shi Te Yong O‘zbekistonga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Birinchi navbatda bugun jamoamiz kurashgani uchun rahmat aytaman. O‘zbekiston terma jamoasi kuchli ekanligini bugun yana isbotladi. Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyatimiz bor. Kurashishda davom etamiz. Raqiblarni esa finalga chiqqani bilan tabriklayman.
- Bugun jamoaningiz uchun eng qiyin narsa nima bo‘ldi?
- Uchrashuv qiyin kechishi aniq edi. Yigitlarim yomon o‘ynashmadi, ammo raqib ham juda kuchli edi. O‘yinda gol urdik ham, lekin offsayd holati qayd etilgan ekan. Hayajon va bosim ham katta edi, yigitlarda biroz stressni sezdim.
- Jamoangizda hali hamon olimpiadaga chiqish imkoniyati bor. Keyingi uchrashuvga futbolchilaringizning o‘ziga ishonchini qanday tiklamoqchisiz?
- Yigitlar barchasini tushunib turibdi. 2 mayda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv biz uchun so‘ngi imkoniyat bo‘ladi. Muhimi, jismoniy tomonlama tezroq tiklanishimiz kerak.
Indoneziya Terma JamoasiShi Te YongO‘zbekiston Terma JamoasiOlimpiadaga ChiqishUchrashuv QiyinFutbolchilar Ishtiroki O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar