Italiya sportini yoritishga ixtisoslashgan yetakchi nashrlardan biri Corriere dello Sport gazetasi “Roma”ning keyingi yillardagi transfer siyosatiga doir maqola e’lon qildi.
Unda rimliklarning sport direktori Tyago Pinto tomonidan amalga toshirilgan, lekin jamoaga kutilgan foydani keltirmagan transferlar muhokama qilingan.
Manbaning yozishicha, “Roma”ga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi Tyago Pinto tanlagan futbolchilarni poytaxtga olib kelish uchun mo‘maygina xarajat qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Biroq, “Roma”ni Joze Mourino boshqargan davrda yangi olib kelingan futbolchilarning aksariyati kutilgan natijani bermadi. Maoshlar, bonuslar, komissiyalardan tashqari 13 nafar yangi ijrochi uchun jami 110 million yevro sarflangan.
Tyago Pintoning birinchi xaridi 2020 yilning yanvarida 7 million yevro evaziga “Roma”ga olib kelingan Reynolds bo‘ldi. Keyin katta transferlar amalga oshirilib, Eldor Shomurodov uchun 20 million yevroga yaqin, Vinyaga 15 million yevro to‘lanishi belgilandi.
Bu uch nafar o‘yinchi jamoaga umumiy hisobda 42,2 million yevroga tushdi va ijaraga berilgunga qadar A Seriyada Reynolds oltita, Shomurodov 34 ta (uchta gol), Vinya 29 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Eng qimmat xarid – Temmi Abraxam ham o‘ziga sarflangan 42 million yevroni oqlamadi. Debyut mavsumida porlagan angliyalik yulduz bugungi kunga kelib Rim klubida zaxira o‘yinchisi darajasiga tushib qolgan.
Tyago Pinto topilmalaridan darvozabon Ruy Patrisio 13,1, Zeki Chelik 7,4 million yevroga tushdi. Bu o‘yinchilar ham hozir asosiy tarkibning muqim vakillari emas.
Serxio Oliveyra, Meytland-Nayls, Kamara, Lorente, Renato Sanshesh, Xeysen kabi o‘yinchilarning ijarasiga jami 6 million yevro sarflangan bo‘lsa-da, ular ham kutilgan samarani bergani yo‘q.
Yana bir manba – tuttocagliari.net saytining yozishicha, “Roma” klubi Eldor Shomurodov transferi uchun “Jenoa”ga kelishilgan summani to‘liq to‘lab bergani yo‘q.
Qayd etilishicha, rimliklar o‘zbek hujumchisi uchun genuyaliklarga bu yil hisobidan 4 million yevro o‘tkazib berishi shart. Kelasi yili ham xuddi shu miqdordagi mablag‘ to‘lanishi talab etiladi. Ya’ni, poytaxtliklar ikki yil ichida Eldor Shomurodov transferidan 8 million yevro qarzini yopishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi