Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi

Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford kardida jang qilishi mumkin.

Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 3 avgust kuni o‘tkazadi.

Shahram G‘iyosovning ta’kidlashicha, u ushbu jang kechasida qatnashishga tayyor. Ammo unga hali raqib topilganicha yo‘q.

Shahram so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Avgust oyida bo‘lib o‘tadigan turnirning markaziy jangida Isroil Madrimov o‘ziga tegishli WBA kamarini P4P reytingi peshqadami Terens Krouforddan himoya qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar