01:29 / 20.05.2024
170

Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik"

Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik"
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida

- Chuqur detallarga berilmasak. Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Raqib deyarli hech nima yarata olmadi. Biz "Navbahor"ni yaxshi o‘rganib chiqqandik. Bugungi uchrashuvda durang adolatli natija bo‘lar edi. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Bizni qo‘llab quvvatlash uchun Namanganga kelgan barcha muxlislarga rahmat. Ular bugun ajoyib atmosfera yaratishdi.

- Biz bugun hujumkor "Neftchi"ni ko‘rdik. Siz o‘zgarishlarga ham ko‘p qo‘l urmoqdasiz. Bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejangiz hujumkor futbol namoyish etish edimi yoki o‘yin vaqti shunday uslub tanlashga majbur bo‘ldingizlarmi?

- Biz hujumkor emas, zamonaviy futbol o‘ynadik. Zamonaviy futbolda barcha birga hujum qilish va birga himoyalanishi kerak. Biz bugun g‘alaba uchun maydonga tushgandik va ko‘proq hujumchilarni o‘zgartirdim.

- Muxlislar haqida gapirib o‘tsangiz?

- Vodiy jamoalarining muxlislari har doim o‘z jamoasini aktiv qo‘llab quvvatlashadi. Bugun ham ikki jamoaning muxlislari ajoyib atmosfera yaratishdi. Ularga rahmat aytamiz. Muxlislar bizga ishonishda davom etmoqda. Bu esa hurmatga sazovor jihat.

- Bugun Botirali Ergashevni asosiy tarkibda maydonga tushirdingiz. Bu majburiy o‘zgarishmidi yoki ihtiyoriy?

- Ikki darvozabonimizning darajasi teng. Botirali milliy terma jamoa darvozaboni va unga ishonch bildirishimiz tabiiy. Ikkita teng darajali darvozabonimiz bor. Ergashev bugun yaxshi o‘ynadi.

- Bugun hujumchilarni o‘zgartirdingiz. Norchayev va Nsungusi maydonga tushganidan so‘ng jamoaning hujumlari yanada xavfliroq bo‘la boshladi. Ikki hujumchi bilan maydonga tushish rejangiz bormidi?

- Norchayev bor yo‘g‘i ikki kun avval jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Uni ertaroq maydonga tushirish yoki asosiy tarkibga qo‘yish hali xavfli. Husayn tiklanishda davom etmoqda. Efiong esa maydonga tushdi va ancha foyda keltirdi, ammo jamoada boshqa futbolchilar ham bor va bu sog‘lom raqobat. Kim yaxshiroq o‘ynasa, o‘sha futbolchi asosiy tarkibda bo‘ladi.

- "Neftchi" o‘z vaziyatlaridan unumli foydalana olmayapti. Jamoaga bir nima yetishmayotgandek. "Neftchi" g‘alaba qozonishiga nima yetishmayapti deb o‘ylaysiz?

- Biz yangi jamoa tuzdik. Barcha muammolar hal etilib, bir tizimga o‘tishimiz uchun biroz vaqt kerak. Jamoani yig‘ish birinchi bosqich. Ikkinchi bosqich esa yangi jamoani bir uslubga moslashtirish. Biz ikkinchi bosqichdamiz. Bizga stabillik yetishmayapti. Ko‘p futbolchilarimiz terma jamoa yig‘inlariga yo‘l olishdi va shu sababli orada o‘zilish bo‘ldi. Hali hech nima yo‘qotilmaydi. Biz jangni boy bermadik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik"