09:05 / 28.05.2024
76

Fevzi Davletov: "Birinchi bo‘limdagi natijani saqlab qolganimizda uch ochko ishlagan bo‘lardik, lekin..."

Fevzi Davletov: "Birinchi bo‘limdagi natijani saqlab qolganimizda uch ochko ishlagan bo‘lardik, lekin..."
“Lokomotiv” – “Suxon” (1:1) uchrashuvidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov bir qator savollarga javob qaytardi.

- Ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishga harakat qildi. Raqib jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi. Shunga asosan ularning o‘yinida turli o‘zgarishlar sezildi va boshqacha tayyorgarlik ko‘rishdi. Birinchi taymda bir qator imkoniyatlarni yaratdik. Ammo ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda esa boshqacha o‘yin qildik. Afsuski, o‘yin tempini tushirib yubordik. Ko‘plab noto‘g‘ri paslar va noto‘g‘ri joylashuv natijasida gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyin jamoamiz biroz o‘ziga keldi. To‘pni yana nazorat qila boshladilar. Oddiy hollarda to‘pni yo‘qotyapmiz. Buni tahlil qilamiz.

- Birinchi bo‘limda “Surxon” yaxshi taassurot qoldirib raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Lekin ikkinchi bo‘limda pasayish kuzatildi. Bu nima bilan bog‘liq?
- “Bunyodkor”, “Dinamo” kabi klublarga qarshi ham shunga o‘xshash xatolarga yo‘l qo‘ygandik. “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda oddiy vaziyatlarda to‘pni ko‘p yo‘qotdik. Keyin esa hisobni saqlab qolish uchun harakat qilindi. Futbolchilarga ruhiy tomondan ham bir nima yetishmagandek bo‘ldi. Tanaffus paytida futbolchilarga himoyaga yotib olmanglar, hujum qilinglar deb tayinlaganman. Albatta, mashg‘ulotlarimiz davomida yigitlar bilan yana gaplashamiz.

- Shoxjahon Sultonmurodov bir necha o‘yindan beri maydonga tushmayotgandi. Bugun u qaydnomada ham yo‘q edi.
- Hozircha u asosiy tarkibda o‘ynashga to‘liq tayyor emas.

- Nimeli jarohatidan to‘liq qutuldimi? Shuningdek, Krimetsni maydonda ko‘rdik. U ham jarohatidan forig‘ bo‘ldimi?
- Krimetsga kelsak, jarohatlarini davolatdi. Mashg‘ulotlarda ishladi, asta-sekin tarkibga qayta boshladi va bu safar boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. “Dinamo” bilan uchrashuvda maydonga tushishga ulgurmadi. Nimeli ham sport formasiga qaytishiga umid qilamiz. Bir qator o‘yinchilarimiz ham jarohatdan chiqishgan. Mashg‘ulotlar va o‘yinlar davomida yanada formaga kirib oladilar. Nimeli o‘tgan yilgidek holatiga qaytishiga umid bildiramiz. U hujum chizig‘imizni kuchaytira oladi. Shunchaki, u qishki yig‘inni katta qismini jarohat sababli o‘tkazib yuborgandi. Yana bitta turdan keyin chempionatda biroz tanaffus bo‘ladi va u yanada sport formasiga kirib oladi.

- “Surxon” bu uchrashuvda bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?
- Agar birinchi bo‘limdagi natija saqlanib qolganida biz uch ochko ishlagan bo‘lardik. Lekin natija boshqacha bo‘ldi. 30 daqiqa davomida, golgacha o‘yinimizni yo‘qotib qo‘ydik. Bu holatga o‘zimiz sababchimiz. Ko‘p futbolchilarimizda o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmayapti. Yoshi katta o‘yinchilarimiz ularni qo‘llab-quvvatlab, kerakli jihatlarni o‘rgatib kelishmoqda. Hali o‘z ustimizda ko‘p ishlashimizga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov: "Birinchi bo‘limdagi natijani saqlab qolganimizda uch ochko ishlagan bo‘lardik, lekin..."