13:03 / 08.03.2015
5 427

Bugun O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bugun O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bugun O‘zbekiston Cuperkubogi doirasida amaldagi chempion “Paxtakor” hamda kubok sohibi “Lokomotiv” jamoalari “Bunyodkor” stadionida saf tortishadi. Biz o‘yin oldidan ikki jamoaning imkoniyatlari haqida biroz to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Dastlab fikrimizni boshlashdan oldin muxlislarga O‘zbekiston Superkubogi tarixi haqida ma’lumot bermoqchimiz.

O‘zbekiston Superkubogi o‘yini birinchi marotaba 1999 yil bo‘lib o‘tgan. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ertangi o‘yinning nominal mezboni bo‘lmish “Paxtakor” hamda “Navbahor” jamoasi baxs olib borishgan. O‘shanda Namanganning “lochinlar” 4:2 xisobida g‘alaba qozonib, ilk superkubok sohibiga aylangan.

Demak, “Paxtakor” uchun Superkubokdagi debyut muvaffaqiyatsiz tugagan. Keyingi Superkubok bahsi ancha tanaffusdan keyin, ya’ni 2014 yil bo‘lib, unda Toshkentning ikki klubi “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishgan. JAR stadionida kechgan uchrashuv 2:1 hisobida “qaldirg‘ochlar” foydasiga hal bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, mazkur superkubok bahsi ham xuddi “Paxtakor”da bo‘lgani kabi “temiryo‘lchilar”ga ham nasib qilmagan. Ertangi o‘yindagi sovrin ikkala klub uchun Superkubokda ilk chempionlik bo‘lish bilan birga, kubokning yangi sohibi nomiga aniqlik kiritladi.

Bu jamoalarning so‘nggi bahsi 2014 yil 24 oktyabr kuni Oliy liganing 20-turida bo‘lib o‘tgan edi. Bahsda paxtakorchilar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

“Paxtakor”

O‘zbekistonning amaldagi chempioni bo‘lmish “sherlar” bu mavsumni omadli yurish bilan boshlashdi. “Paxtakor” OChL guruh bosqichida birinchi turida o‘z maydonida Eronning “Naft” jamoasiga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu qiyin g‘alabadan ruhlangan toshkentliklar 2-turni safarda Saudiya Arabistoninning “Al Shabab” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bu o‘yinda raqibiga etarlicha qarshilik ko‘rsatgan paxtakorchilar 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan ortlariga qaytishdi.

O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “sherlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoa bir ochkoni qo‘lga kiritganini emas, aksincha ikki ochko yo‘qotganini alohida qayd etib o‘tdi. “Paxtakor” chindan ham bu o‘yinda yaxshi o‘yin namoyish etdi, lekin jamoa himoyachilari ikkala o‘yinda ham qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Ha, jamoa himoya haqida jiddiy bosh qotirishlari kerak.

“Lokomotiv”

Vadim Abramov boshchiligidagi “temiryo‘lchilar” uchun mavsum bemalol omadsiz boshlandi, deya olamiz. Jamoa OChL guruh bosqichi doirasida dastlabki o‘yinni “Paxtakor” kabi o‘z maydonida emas, balki safarda “Saudiya Arabistoni”ning “Al Hilol” maydonida o‘tkazdi. Tan olib aytish kerakki, bu o‘yinda “Loko”ning yulduzli tarkibi raqibiga etarli qarshilik ko‘rsatmadi.

Vadim Abramov bu mag‘lubiyatdan o‘zi uchun to‘g‘ri xulosalarni chiqarib oldi va o‘z maydonida Eronning “Fulad” jamoasiga qarshi bahsda tarkibda bir qator o‘zgarishlar qildi. “Fulad”ga qarshi baxs birinchi o‘yinga nisbatan boshqacharoq tarzda kechdi. Jamoa raqib darvozasiga tezkor gol urishga erishdi, lekin bu gol jamoaning g‘alabasi uchun etarli bo‘lmadi. Uchrashuvda durang qayd etildi. “Temiryo‘lchilar” bu mavsum tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishdi. Bu yangi o‘yinchilarning o‘zaro maydonda til topishishlari biroz qiyin kechmoqda.

Bugungi o‘yinda jamoalar o‘zlarining an’anaviy liboslarida, ya’ni “Paxtakor” sariq, “Lokomotiv” qizil liboslarda harakat qilishadi.

Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqiligidagi xakamlar guruhi boshqarib borishadi. 2014 yildagi O‘zbekistonning “eng yaxshi hakami”ga qanotlarda Abduxamidillo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi bugun “Bunyodkor” stadionida 14:00da boshlanadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi