date
views 290

San’at Shixov: "Katanetsdan oldindagi o‘yinda rotatsiya kutmasak ham bo‘ladi. Eronga esa yutqazmaymiz"

San’at Shixov: "Katanetsdan oldindagi o‘yinda rotatsiya kutmasak ham bo‘ladi. Eronga esa yutqazmaymiz"
"Tezkor studiya"ning kechagi sonida O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi San’at Shixov mehmon sifatida ishtirok etdi. Efir so‘nggida esa O‘zbekiston terma jamoasining oldindagi o‘yinlari haqida fikrlarini bildirdi.

"Turkmaniston bilan o‘yinda rotatsiyaga qo‘l urilishi kerak. Lekin Katanetsdan buni kutmasak ham bo‘laveradi. Rotatsiya orqali yoshlarni yuqori darajadagi o‘yinlarda ko‘rib olish kerak. Jamshid Iskanderovga kam imkon beriladi. Shunday o‘yinlarda kam o‘yin amaliyoti berilayotgan futbolchilarni o‘ynatish lozim.

Abduvohid Ne’matovga ishonch bildirilishi mumkin. Kuchli bo‘lganidan keyin qo‘yish kerak. Turkmanistonni kuchsiz demayman. O‘yinchilari yaxshi, derbi degan nom bor. Murabbiy tarkibda ko‘p rotatsiya qilmayotganiga sabab terma jamoa kam yig‘iladi. Eron bilan buni amalga oshirmasa ham, Turkmanistonga qarshi qolganlarni ko‘zdan kechirish darkor.

Tarixga emas, bugungi kunga qaraylik, chunki futbol o‘zgarmoqda. Eron ham kuchli jamoa bo‘lib ko‘rinmayapti, balki bizning jamoa shu darajaga chiqdi. Xudo xohlasa, Eronga yutqazmaymiz. Kamida durang natija qayd etiladi. Xursand qiladigani, o‘zbekistonlik futbolchilar Eronning chempion jamoalariga bormoqda. Ular bilan haqiqiy kuchimizni ko‘rib olamiz. Yelkamizda bosim yo‘q. Muxlislardan qanday natija bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlashni so‘rab qolardim", - dedi San’at Shixov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » San’at Shixov: "Katanetsdan oldindagi o‘yinda rotatsiya kutmasak ham bo‘ladi. Eronga esa yutqazmaymiz"