01:01 / 11.06.2024
324

Timur Kapadze: "Abdumannonov pozitsiyasida undan yaxshiroq futbolchilar bor"

Timur Kapadze: "Abdumannonov pozitsiyasida undan yaxshiroq futbolchilar bor"
O‘zbekiston hamda Mali olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi (1:2) o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng mezbon jamoa ustozi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Mag‘lub bo‘lganimiz kayfiyatga biroz ta’sir qildi. Umuman olganda foydali bahs bo‘ldi deb o‘ylayman. Chunki Mali yaxshi "sparring" raqib bo‘la oldi. Yaxshi harakat qildik, ko‘proq hujum uyushtirishga urindik. Bugungi o‘yinda biz ham yutib ketishimiz mumkin edi. Biz qo‘yib yuborgan ikkita golda ham himoyachilarning xatosi bor. Bu bahsdan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz.

- Bu ikki o‘yinda rejalaringiz amalga oshdimi?
- Rejalar uchun barcha futbolchilar kerak bo‘ladi. Katta terma jamoa safida futbolchilarimiz bor. Ularga ham imkon berib ko‘rishimiz kerak. Ammo hozirgi tarkibdagilarning barchasiga imkon berdim. Bu o‘yin bizga tahlil uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

- Eldor Shomurodovni Parijdagi Olimpiadada ko‘ramizmi?
- Buni ehtimoli bor. Futbolchilar bilan gaplashdim, ularda ham xohish mavjud. Fransiyaga faqat 18 futbolchi ketadi. Qaysi pozitsiyaga kimdir kerak bo‘lsa, albatta imkoniyatdan foydalanamiz.

- Ibrohim Ibragimov maydonga tushishi kerak edi, nega u asabiylashib, zahiraga qaytdi?
- U Jasur Jaloliddinov o‘rniga maydonga tushishi kerak edi. Jasur esa qizil kartochka olib, rejalarni o‘zgartirib yubordi, shunga jahli chiqdi.

- Xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida mahalliy emas, chetdan hakamlar chaqirish to‘g‘ri bo‘lmasmidi?
- Qilsa bo‘lardi. Ammo bizning hakamlarimiz ham yaxshi darajada. Ular FIFA referisi hisoblanishadi. To‘g‘ri, bugungi bahsda ikkala jamoada ham hakamga savollar ko‘p bo‘ldi.

- Jasur Jaloliddinov judayam agressiv o‘ynadi. O‘rtoqlik o‘yini bo‘lgani tufayli hakam uni ayadi. Bunday harakatlar rasmiy o‘yinlarda terma jamoaga pand berib qo‘yishi mumkin...
- Jasur aqlli bola. Jaloliddinov bunday ishlarni qachon qilish kerakligini yaxshi biladi. Unga hakamning qarorlari yoqmagandir... Asosiysi bu bahs bizga foydali bo‘ldi. O‘rtoqlik o‘yinidan to‘g‘ri xulosa chiqarsak, hammasi joyida bo‘ladi.

- Parij-2024 guruhidagi raqiblar haqida fikringiz qanday?
- Guruhdagi raqiblar kuchli, biz Misr bilan o‘ynaganmiz, Ispaniya ham mag‘lub etib bo‘lmaydigan raqib emas. Harakat qilamiz.

- Ayni damda Superliganing eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib turgan Bektemir Abdumannonovni nega jamoaga taklif qilmaysiz?
- Bektemirni siz yaqindan taniy boshlagan bo‘lsangiz kerak, men uni anchadan beri bilaman. 2 yil davomida birga ishladik, keyin u "Metallurg"ga o‘tdi. Hozir u "Andijon"da o‘zini ko‘rsatyapti. Bugungi kunda uning pozitsiyasida yaxshiroq futbolchilar bor.

- Abdumannonov gol+pas tizimida 8 ochko ishlab qo‘ydi...
- U standartlarni yaxshi ijro etadi. Yaqinda "Andijon"ga qarshi o‘ynadik va uni ko‘rib, kerakli xulosalar chiqardik. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, uni yaxshi bilaman.

- Maliga qarshi bahsda Jaloliddinov burchak bayroqchasini adashib tepib yubordi, siz esa kuldingiz...
- "Bayroqchani tinch qo‘y" deb kulishdik. Shoshib qoldi shekilli. Bugun Jasur qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Abdumannonov pozitsiyasida undan yaxshiroq futbolchilar bor"