09:38 / 12.06.2024
173

Srechko Katanes: "Natijadan qoniqish hosil qildim"

Srechko Katanes: "Natijadan qoniqish hosil qildim"
JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi o‘yindan so‘ng (0:0) O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Uchrashuv yaxshi o‘tdi. Natijadan qoniqish hosil qildim. Bugun himoyada ishonchli harakat qilib, Eronga imkoniyat qoldirmadik. Ikkinchi bo‘limda raqib jamoa tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytgani ko‘ngilni biroz xotirjam qildi. Umuman olganda, yaxshi o‘yin namoyish etdik va hech bir futbolchi jarohat olmaganidan xursandman. Eronga ham yaxshi mezbonlik uchun minnatdorchilik bildiraman.

Odatda, o‘z maydonimizda hujumkorlik ko‘rsatamiz. Eronning 20 ta o‘yindan iborat golli seriyasi to‘xtagani bu shunchaki raqamlar, xolos.

Bellashuvda g‘alaba qozonish-qozonmasligimiz reytingga ta’sir qiladi deb o‘ylamayman. Biz uchun yutqazmaslik muhim edi va bu borada alohida fikr bildirmayman.

O‘runov va Masharipov ko‘rsatmalarimni yaxshi bajarishdi, ular himoyada ham jamoadoshlariga yordam berishdi. Erondagi durangdan ko‘nglim to‘ldi
", — dedi Katanes.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: "Natijadan qoniqish hosil qildim"