00:53 / 22.06.2024
189

Maksim Shatskix OKMKdan uchralgan mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

Maksim Shatskix OKMKdan uchralgan mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?
Superliga 12-turidan o‘rin olgan OKMK - "Paxtakor" (4:2) uchrashuvidan so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz. Muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi. Afsuski, o‘z muxlislarimizni xursand qila olmadik. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Har doimgidek ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Raqib esa xatolarimizni kechirmadi. Yoshlar bilan o‘ynash natijani xavf ostiga qo‘yadi.

- "Paxtakor"ning yosh futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev yarim yil Angliyada o‘ynab keldi. O‘rinboyev "Paxtakor"dagi faoliyatini davom ettiradimi?
- U hozir qaydnomada emas. Yozgi transferlar oynasi ochilsin ko‘ramiz.

- "Paxtakor" o‘yinni aktiv boshladi va hisobda oldinga chiqib oldi. Lekin gol urilganidan so‘ng jamoangiz hujumga o‘tmay qo‘ydi. Bunga sabab nima?
- Biz himoyaga yotib olmadik va bunday qilish rejamizda umuman yo‘q edi. OKMK jamoasi ko‘proq uzun paslar orqali o‘ynay boshladi. Ayrim bir futbolchilarga qanday o‘ynash kerakligini tushuntirish qiyin bo‘lyapti. Bir nechta futbolchilarimiz o‘zlarining pozitsiyasida o‘ynashmadi. Buni ham hisobga olish kerak. Behruz Asqarov hech qachon chap qanotda o‘ynamagan. Boshqa variantimiz bo‘lmagani uchun Asqarovni ushbu pozitsiyada o‘ynatdik.

- Diyor Xolmatov bugun qanotda ko‘p o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda himoya qanotida ko‘p ko‘zga tashlandi. Bunga sabab nima?
- Yo‘q. Diyor qanot himoyasida o‘ynamadi. Raqib hujum qilayotgan chog‘i u himoyaga yordam berdi, xolos. Xolmatov uchrashuvni maydon markazida boshladi, keyinchalik uni hujum qanotiga o‘tkazdik, ammo u qanot himoyachisi sifatida o‘ynamadi. Shunchaki himoyaga yordam berib turdi.

- Yosh futbolchilar tez-tez xato qilishi haqida ko‘p gapirgansiz. Biroq bugun jamoaning ikki markaziy himoyachilari Azmiddinov va Hamraliyevlar ham xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Azmiddinov yo‘q joydan penalti olib keldi. Hamraliyev ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynay olishini bilamiz, ammo uchinchi golda u havodagi kurashda raqibga mag‘lub bo‘ldi. Ikki markaziy himoyachi omadsiz o‘yin namoyish etganiga nima sabab bo‘ldi?
- Biz ishongan futbolchilar ham bugun xato qilishdi. Abdumajidov to‘rtinchi golda xato qildi, ammo u hali yosh yigitcha. Alijonov ham bugun maydonga tushdi. Alijonov ancha vaqtdan beri o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagandi. Alijonov va Abdumannopovlar to‘p bilan mashg‘ulot o‘tayotganiga bir necha kun bo‘ldi xolos. Ular yarim yildan ko‘p vaqt futbol o‘ynashmadi. Jarohatlanganlar hali maydonga tushishga tayyor emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix OKMKdan uchralgan mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?