
Foto: Sport-Ekspress
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Dortmundning «Borussiya» klubi «Shtuttgart»dan Valdemar Antonni sotib oladi.
Dortmund klubi Germaniya terma jamoasi himoyachisi uchun 22 mln yevro tovon pulini to‘laydi — transfer jarayonidan «Shtuttgart» xabardor.
27 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Barcha tafsilotlar kelishib olingan.
Bundesliganing 2023/24 yilgi mavsumida Anton 33 o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun: Valdemar Anton 1996 yilda O‘zbekistonning Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik ular Germaniyaga ko‘chib ketishgan. Antonning aytishicha, bobosi va buvisi o‘zbekcha gaplashishgan, ota-onasi va Valdemar ruscha va nemischa gaplashishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar