Foto: Google Images
Uzoq davom etgan qurg‘oqchilik AQSH va Braziliyada katta yong‘inlarga sabab bo‘ldi. Oregon shtatida yong‘inlar shaharlarga yaqinlashmoqda. Braziliyada sayyoraning eng katta botqoqli hududi alanga ostida qolgan, deb xabar bermoqda MIR 24 telekanali.
O‘rmonlarda va magistral yo‘llarda yong‘in tez tarqalmoqda. Oregon shtatida bir yarim ming gektardan ortiq maydon allaqachon yonib ketgan, Arizonada esa yong‘in turar joy binolariga yaqinlashmoqda. Uzoq davom etgan qurg‘oqchilik tufayli yangi o‘choqlar shu qadar tez paydo bo‘lyaptiki, favqulodda xizmatlar ularni o‘chirishga ulgurmayapti.
Yong‘in mashhur dam olish maskanlariga ham tahdid solmoqda. Olovni qo‘zg‘atayotgan kuchli shamol tufayli bir necha ming xonadon evakuatsiya qilinishi e’lon qilingan. Bu hududda allaqachon 1600 gektardan ortiq maydon yonib ketgan.
Braziliyadagi qurg‘oqchilik ham yangi rekordlarni o‘rnatdi. Birgina iyun oyida 2,5 mingdan ortiq yong‘in o‘choqlari qayd etilgan.
“Hozir sodir bo‘layotgan yong‘inlar dahshatli oqibatlarga olib keladi: iqlim o‘zgarishi, kuchli suv tanqisligi, o‘rmonlarning kesilishi va hokazo”, — dedi Braziliya atrof-muhit vaziri Marina Silva.
Sinoptiklar bu Braziliyadagi rekord darajadagi yong‘in mavsumining boshlanishi, xolos, deb aytishmoqda. Qurg‘oqchilik avgust oyining o‘rtalarigacha davom etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»