124
Superliga. “Nasaf” “Navbahor”ni taslim etdi, “Olimpik” “Metallurg” ustidan g‘alaba qozondi
Foto: “Nasaf”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 5-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 30 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Nasaf” o‘zida “Navbahor”ni qabul qildi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Giorgi Nikabadze hisobni ochdi. 9-daqiqada Bobur Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Farrux Sayfiyev namanganliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 34-daqiqada Sherzod Nasrullayev muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etdi. 65-daqiqada esa qarshiliklar darvozaboni Abduvohid Ne’matov penaltidan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Nasaf” uchrashuvda g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Berdiyev shogirdlari turnir jadvalida yetakchiga aylanib oldi.
“Olimpik” safarda “Metallurg” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida Ibrohim Ibragimov het-trik qayd etgan bo‘lsa, Otabek Jo‘raqo‘ziyev bitta gol muallifiga aylandi. Bekobodliklar tarkibida Marko Milichkovich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Foto: “Olimpik”
Superliga
5-tur
30 iyun, yakshanba
“Nasaf” – “Navbahor” 3:2
Gollar: Giorgi Nikabadze, 4 (0:1), Bobur Abduxoliqov, 9 (1:1), Farruh Sayfiyev, 13 (1:2), Sherzod Nasrullayev, 34 (2:2), Abduvohid Ne’matov, 65 pen (3:2).
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Murodbek Rahmatov (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 7. Akmal Mozgovoy, 10. Bobur Abdixoliqov, 14. Sharof Muhitdinov (88. Marko Stanoyevich, 58) 22. Igor Golban, 27. Islom Kenjaboyev (44. Shahzod Akramov, 75), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 30. Temur Chogadze (9. Javohir Siddiqov, 75), 34. Sherzod Nasrullayev.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev (11. Asadbek Sobirjonov, 77), 7. Azimjon Ahmedov, 8. Siyavash Haqnazari, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 17. Ruslanbek Jiyanov, 21. Giorgi Nikabadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abrorbek Ismoilov.
Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy (14), Giorgi Nikabadze (21), Yovan Jokich (23), Shuhrat Muhammadiyev (29), Temur Chogadze (36), Azim Ahmedov (52), Islom Kenjaboyev (54).
“Metallurg” – “Olimpik” 1:4
Gollar: Ibrohim Ibragimov, 6 (0:1), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 10 (0:2), Marko Milichkovich 19 (1:2), Ibrohim Ibragimov, 31 (1:3), Ibrohim Ibragimov, 57 (1:4).
“Metallurg”: 35. Rahimjon Davronov, 4. Kerim Palich, 7. Sardor Abduraimov (8. Iskandar Shaykulov, 46), 10. Shahzod Ubaydullayev (88. Sirojiddin Qo‘ziyev, 46), 11. Daler Sharipov, 14. Abror Toshqo‘ziyev, 15. Abbos Otaxonov (20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 64), 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 24. Davron Ergashev, 31. Marko Milichkovich, 33. Ivan Yosovich.
“Olimpik”: 13. Hamidillo Abdunabiyev, 2. Saidazamat Mirsaidov (70. Muhammadbobir Mo‘ydinov, 46), 7. Ibrohim Ibragimov, 8. Nodir Abdixoliqov (16. Rian Islamov, 65), 10. Farruh Muxtorov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (15. Muhsin Bozorov, 75), 18. Akbar Abdirasulov, 19. Ahmadillo Muqumjonov (29. Aleksandr Zevadinov, 65), 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 22. Shahzod Toirov, 37. Alisher Odilov.
Ogohlantirishlar: Shahzodbek G‘ofurbekov (7), Abbos Otaxonov (12), Sardor Abduraimov (37), Shahzod Toirov (39), Akbar Abdirasulov (58).
Chetlatish: Iskandar Shaykulov (78). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi