2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan va bu hozircha mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaxshi imkoniyat hosil qilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va asosiy to‘purari Eldor Shomurodov oldida katta masala turibdi.
“Kalyari” o‘zbek futbolchisi bilan rasman xayrlashdi va endi 29 yoshli forvardimiz o‘ziga yangi ish joyi topishi talab etiladi. Chunki kelasi mavsum milliy terma jamoamiz jahon chempionati yo‘lidagi asosiy bosqichni bosib o‘tishi kerak. Shomurodov esa, jamoa yetakchisi sifatida yaxshigina o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi talab etiladi.
A Seriyadagi joyini saqlab qolgan “Kalyari” klubi sport direktori Nereo Bonato ma’lum muddat “Roma” rahbariyati bilan Eldor Shomurodov transferi uchun talab qilingan 9 million yevro miqdoridagi badal pulini pasaytirishni so‘rab, muzokara olib bordi. Biroq ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi va Shomurodov Rimga qaytadigan bo‘ldi.
Sardiniya klubi faoliyatini yoritayotgan cagliarinews24.com sayti eksperti Emanuele Olla bu masalani quyidagi tahlil qildi.
- “Kalyari” rimliklar talab qilayotgan summani katta ekanidan kelib chiqib, Eldor Shomurodov transferini amalga oshirmaslikka qaror qildi va “Roma” bilan muloqotlarni vaqtinchalik to‘xtatdi.
Shunday qilib, o‘zbek futbolchisi “Roma” safiga qaytadi. Lekin jomadonini qo‘ldan qo‘ymaydi. Chunki poytaxt klubi Shomurodovni transferga qo‘yishi kutilmoqda. “Kalyari” anu shu paytni poylayapti. Agar Eldorga aniq xaridor chiqmasa, sardiniyaliklar bu futbolchini so‘rab, “Roma” bilan muzokaralarni tiklashni rejalashtirmoqda.
Chunki bu holatda “Roma” hujumchini sotib yuborish uchun transfer shartlarini o‘zgartirishga va pasaytirishga majbur bo‘ladi, - deb yozdi Emanuele Olla.
O‘z navbatida, “Roma” mutasaddilari ham boshqa klublarda o‘ynab, ijaradan qaytgan futbolchilarning kelajagi borasida ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Italiyalik futbol eksperti Luka Di Leonardoning yozishicha, “Roma” yangi xaridlarni amalga oshirishi uchun bir necha futbolchilarni sotib yuborishi va ma’lum miqdorda mablag‘ jamg‘arishi talab etiladi. Xususan, Eldor Shomurodov uchun 18 million yevro atrofida xarajat qilgan rimliklar o‘zbek futbolchisi transferi orqali sarflangan mablag‘ning imkon qadar ko‘proq qismini qaytarishga urinyapti.
- Besh nafar futbolchi Trigoriyaga qaytadigan bo‘ldi, lekin ular “Roma”da qolmaydi. Gap Eldor Shomurodov, Marash Kumbulla, Ola Solbakken, Ebrima Darboye va Davide Mastrantonio haqida ketmoqda.
Bu o‘yinchilarning hech biri klub rahbariyatining ham, murabbiylar shtabining ham kelasi mavsum rejalariga kiritilmagan. “Roma” sport direktori Floran Gisolfi endi yaqin bir necha hafta ichida ularga yangi ish joyi topishga harakat qiladi, - deb yozdi Il Romanista gazetasi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Italiyada 2020 yilning oktyabridan beri o‘ynamoqda. Tajribali hujumchimiz “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” safida A Seriya doirasida jami 102 ta uchrashuvda qatnashib, 15 ta gol va 9 ta assist qayd etgan. Bugungi kunda hamyurtimizning transfer narxi 5 million yevroni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi