
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarixda ilk bor Olimpiadada ishtirok etadi.
Bosh murabiy Timur Kapadze Parijga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etildi. Timur Kapadze tomonidan taqdim etilgan umumiy ro‘yxatdan 23 nafar futbolchi joy oldi.

Foto: “O‘FA”
Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar