16:46 / 05.07.2024
320

Masharipov: “Qatardagi chempionatda kim penalti tepishini men hal qilganman”

Masharipov: “Qatardagi chempionatda kim penalti tepishini men hal qilganman”
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Qatarda bo‘lib o‘tgan musobaqadagi penaltilar seriyasida kimlar zarba berishini jamoa sardori sifatida o‘zi hal qilgani haqida gapirdi. Bu haqda u YouTube'dagi “Jaloliddin Qobiljonov” kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Qatar bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda, penaltini tepolmadim. Bir oz omad yetishmadi".

Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yaxshi bo‘lganini aytib o‘tgan futbolchi, O‘zbekiston turnirda ajoyib qatnashganini e’tirof etdi.

"Biz turnirdan yutqazmasdan chiqib ketgan, yagona jamoaga aylandik. To‘g‘ri penaltilar seriyasida yutqazdik, ammo o‘yinda hech kim bizni mag‘lub eta olmadi. Qatar jamoasi ham chempionlikka erishgach, eng qiyin o‘yin O‘zbekiston bilan bo‘lganini ta’kidladi".

Futbolchi Qatarga safar davomida nima uchun jamoadan ajralib turgan kiyimda borgani haqida ham o‘z fikrini bildirdi.

"Sababi, ko‘p futbolchilar O‘zbekistondan bordi, ba’zilari boshqa davlatdan. Masalan, men BAAdan bordim. Terma jamoa kiyib borgan kiyim menda yo‘q edi. Shuning uchun o‘zimning kiyimimda bordim. Agar imkoni bo‘lganda, albatta, terma jamoa kiyimida borgan bo‘lar edim".

Masharipov Qatar bilan penaltilar seriyasida kimlar to‘p tepishini hal qilgani va kelishuvli o‘yinlar haqida ham to‘xtalib, bunday o‘yinlarda qatnashmasligini bildirdi.

Men o‘shanda aytdim, ota-ona va vatan sotilmaydi. O‘yin kelishilganini bilsam maydonga tushmayman. Ko‘chada qolsak ham, bu ishni qilmaymiz. Penaltilar seriyasida kim to‘p tepishini men hal qildim. Jamoa sardori bo‘lganim bois, bolalarning ruhiy ahvolini o‘rganib penalti tepuvchilarni tanladim. Hamma yaxshi tepdi, mendan boshqa. Ammo omad kelmadi. Jamoadagi futbolchilar doim penalti tepishni mashq qiladi”.

Masharipovning penaltini yonga emas, o‘rtaga tepganiga charchoq sabab bo‘lgan.

"Xayolimda faqat markazga tepish edi. Chunki yonga tepsam, charchoq sabab to‘p qiyshiq ketib qolishi mumkin edi. Bunday tepish tajribada bor. Ammo darvozabon yaxshi o‘rganib chiqqan ekan".

Ma’lumot uchun, 2023 yilda o‘tkazilgan so‘nggi turnir mezbon Qatar terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi mezbon jamoaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov: “Qatardagi chempionatda kim penalti tepishini men hal qilganman”