
Ispaniya termasi ustozi Luis de la Fuente kechagi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Baxtlimiz. Biz o‘zi yarim finalga yo‘l olganimiz uchun xursand edik, endi esa yanada xursandmiz. Ayniqsa, kuchli raqib taslim etilsa, quvonch yanada ortadi. Bugun futbolchilarimiz juda ajoyib tarzda harakat qilishdi, kuchli raqibga maksimal tarzda o‘yin berishmadi.
Himoyada ideal harakat qildik, hujumda esa bir qator xavfli hujumlarni tashkil qila oldik. Umuman olganda, o‘yin davomida yaxshi harakat qildik.
Finalda kimga qarshi o‘ynashimizning farqi yo‘q, biz bu «Yevro»da o‘zimizni ko‘rsata oldik. Finalda kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Maqsadimiz — chempionlik», — dedi Luis de la Fuente. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar