00:05 / 14.07.2024
229

Kanada bosh murabbiyi: "Bizga ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo‘lishdi"

Kanada bosh murabbiyi: "Bizga ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo‘lishdi"
Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh AQSHda o‘tkazilayotgan Amerika Kubogida ularga yomon munosabatda bo‘lishgani haqida gapirdi.

Kanadaliklar ustozi Urugvay terma jamoasi murabbiyi Marselo Belsaning tanqidlariga qo‘shildi.

Oldinroq, Belsa AQSHda mashg‘ulot bazalari juda muammoli ekanligini, Boliviya mashg‘ulot o‘tkaza olmaganidan so‘ng ba’zi insonlar "Hech qisi yo‘q, bu Boliviya-ku" degan gapni eshitgani haqida aytgan edi.

"Belsaning ba’zi fikrlariga qo‘shilaman, ba’zilariga yo‘q. Bu professional turnir emas. Kamchiliklar juda ko‘p. Bu va yana munosabat.

Urugvay va Kolumbiya o‘rtasidagi bahsdan so‘ng nimalar bo‘lganini ko‘rdim. To‘liq tafsilotlarni bilmasman, ammo futbolchilarning oilasi xavf ostida bo‘lmasligi kerak.

Ammo Kanada terma jamoasi shu yo‘sinda ish tutganida bizga nisbatan sanksiyalar e’lon qilingan bo‘lardi.

Bizning futbolchilar irqchilikka uchrashdi. Bizga huddi ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo‘lishdi
", - dedi Kanada bosh murabbiyi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanada bosh murabbiyi: "Bizga ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo‘lishdi"