Super o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Isroil Madrimov agar Terens Krouford bilan jangda g‘alaba qozonsa, super o‘rta vazn toifasida mutloq chempion Saul Alvaresga qarshi jang o‘tkazishni maqsad qilgan, deb yozadi “Sports.kz”.
“Har bir insonning orzusi eng buyuk jangchilar bilan uchrashishdir. Hozir bor e’tiborimni oldimdagi vazifaga qaratganman, ya’ni Terens Kroufordga.
Men odamlarning Krouford — Kanelo jangi haqida gapirishganlarini ko‘p eshitganman. Balki Madrimov — Kanelo qarama qarshiligi haqida gapirish vaqti ham kelgandir. Kroufordni mag‘lub etganimdan keyin men katta janglarda ishtirok etish yo‘llarini qidiraman. Kanelo bilan jang bu men uchun ajoyib imkoniyat. Men bu jang Krouforddan keyin bo‘lishini istardim”, dedi O‘zbekiston vakili.
Madrimov—Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi