Foto: Championat
Zo‘rlash jinoyati uchun qamalgan niderlandiyalik plyaj voleybolchisi Stiven van de Veld 2024 yilgi Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada boshqa sportchilardan alohida yashaydi.
Bu istakni sportchining o‘zi bildirgan, deb xabar beradi Niderlandiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) sayti. Shuningdek, u matbuot anjumanlarida gapirmaydi.
“Van de Veld bu ish haqida doim ochiq gapirgan. U sodir bo‘lgan voqeani hayotidagi eng katta xato deb ataydi va barcha ishtirokchilar uchun oqibatlaridan afsusda. Sportga qaytgach, barcha xalqaro turnirlarda qatnashdi. Biroq uning Olimpiadadagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlarda yangi rezonansga sabab bo‘ldi”, — deyiladi mamlakat MOQ saytidagi bayonotda.
Van de Veld 2014 yilda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun Buyuk Britaniya va Niderlandiyada to‘rt yillik qamoq jazosini o‘tagan. 2024 yilgi o‘yinlarda sportchi Metyu Immers bilan tandemda ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi