15:12 / 20.07.2024
312

"Krouford-Madrimov" jangi uchun eng arzon chipta qancha?

"Krouford-Madrimov" jangi uchun eng arzon chipta qancha?
3 avgust kuni Los-Anjelesda boks janglari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur oqshomning asosiy to‘qnashuvida Terens Krouford (40-0, 31 KO) va hamyurtimiz Isroil Madrimov (10-0-1, 7) o‘rtasida yarim o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik WBO va WBA chempionlik kamari uchun jang bo‘ladi.

Hozirgacha minglab chiptalar sotilganiga qaramay, ularning tarqalish sur’ati biroz pastroq. Ehtimol bunga ushbu turnir uchun eng arzon chipta narxi 200 dollarligi sabab bo‘lyotgandir. Balki, ba’zi muxlislar narxlarning tushishini kutayotgandir ham.

Ma’lumot uchun, mazkur turnirda boshqa ko‘ngilochar shoular, jumladan, rep yulduzi Eminemning chiqishi ham rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Krouford-Madrimov" jangi uchun eng arzon chipta qancha?