
Super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Endi Ruis Terens Krouford va super yarim o‘rta vaznda WBA chempioni Isroil Madrimov o‘rtasidagi chempionlik jangi haqida gapirdi.

“Menimcha, Terens g‘alaba qozonadi. U ancha tajribali va mahoratli jangchi. Hozir u yuqorida. Nazarimda, u Madrimovni noto‘g‘ri baholaydi.
Raqiblarini tushunish uchun unga bir oz vaqt kerak bo‘ladi, lekin keyin ularni Jervonta Devis kabi nokautga uchratadi. U juda aqlli”, — dedi Ruis.

Ma’lumot uchun, Madrimov — Krouford jangi 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Ruisning o‘zi ham ushbu kardda ringga chiqadi va Jarrel Millerga qarshi jang qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar