Terens Krouford: "Mening bor e’tiborim bir narsaga qaratilgan"

Terens Krouford: "Mening bor e’tiborim bir narsaga qaratilgan"
Ikki vazn toifasida mutlaq chempion Terens Krouford hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi jangdan oldin Saul Alvares bilan muhokamaga bormoqchi emasligini ma’lum qildi.

"Mening bor e’tiborim bir narsaga qaratilgan: 3 avgust va Isroil Madrimov bilan jang. Men "Kanelo" yoki boshqasi uchun fikrimni chalg‘itmayman. Hammasi 3 avgustdan keyin hal bo‘ladi", - dedi Krouford.

Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni AQSHda WBA kamari sohibi hamyurtimiz Isroil Madrimov ikki vazn toifasi mutlaq chempioni Terens Kroufordga qarshi titulini himoya qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar