
Parij Olimpiadasining futbol musobaqasidan o‘rin olgan Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahsdan keyin Abduvohid Ne’matov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– O‘yin haqida fikringiz. Birinchi daqiqalarda yigitlarda hayajon bo‘lgandek taassurot qoldi. Buning sababi nima?
– Bugun o‘zbek futboli uchun yaxshi kun bo‘ldi. Biz Olimpiadadagi birinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib esa Ispaniya edi. Birinchi navbatda bugun bizni Parijdagi stadiondan qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Ular shunchaki ajoyib atmosferani hosil qilib berishdi. Bizga bugun biroz omad yetishmadi. O‘z maqsadimiz yo‘lida davom etamiz. Oldimizda ikkita o‘yin bor. Ispaniyaga qarshi o‘yinni to‘g‘ri tahlil qilib, keyingi o‘yinlarga yetarli xulosa chiqaramiz.
– Penaltini qaytargan vaziyatingizda nimalarni his qildingiz?
– Raqib futbolchilari qanday penalti tepishini o‘rganmagandim. Zarba muallifini to‘pga qanday kelishini kuzatib turdim va zarbani qaytardim. Jamoamiz ochko olishida o‘z hissamni qo‘shmoqchi edim, ammo bu nasib qilmadi.
– Ikkinchi golda to‘pni yo‘nalishini ko‘ra olmadingizmi?
- U vaziyatda himoyachilar ham ko‘p edi. Zarbani ilg‘ash qiyin bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar