762
Ispaniya olimpiya termasi ustozi: "O‘zbekistonning o‘yini men uchun kutilmagan voqea bo‘lmadi"
Ispaniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Santyago Deniya Sanches O‘zbekistonga qarshi (2:1) o‘yindan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘zbekistonning o‘yini men uchun kutilmagan voqea bo‘lmadi. Asosiysi, maqsadimizga erishdik, lekin juda qiyin o‘yin bo‘ldi va endi yaxshilanish vaqti keldi. Futbolchilarga to‘liq ma’lumotni aniq qilib yetkazishim kerak.
To‘pga tinimsiz egalik qilishimiz, shu bilan birga, tezroq harakat qilishimiz kerak.
Tanaffusda futbolchilarga to‘pni maydonda tezroq harakatlantirishni uqtirdim. Buni ustida ishlashimiz lozim. Shuni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olsak, g‘alaba biz tomonda bo‘ladi.
Abel, Miranda va Serxio haqida nima deya olaman? Ularda katta tajriba bor, ammo ularga alohida yondashishni xohlamayman, chunki bu jamoaviy o‘yin. Ular yaxshi jamoadosh, jamoani oldinga yetaklay olishadi, shunisi muhim.
Kubarsining almashtirilishi taktika bilan bog‘liq.
Penaltidan keyingi mentalitet? Chempion bo‘lish uchun muvaffaqiyatsizlik va bir qancha xatolar ham kerak.
Hakamlik haqida hech narsa deya olmayman. Musobaqaga eng yaxshi hakamlar jalb qilingan. VAR'ga kelsak, u ba’zida sizga qarshi qarorlar qabul qiladi, ba’zida esa sizning foydangizga", – dedi Sanches. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”