
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari start olmoqda. Olimpiada doirasida boks musobaqasiga qur’a tashlandi.
Erkaklar. Vakillarimizning dastlabki janglari bilan tanishing:
-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov - Xesus de Lopes (Puerto-Riko)
-57 kg: Abdumalik Halokov - Nebil Ibrahim (Shvetsiya) va Vasim Abusal (Falastin) bahsi g‘olibiga qarshi.
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Martines Ramires (Meksika)
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Omar Elavadi (Misr)
-80 kg: To‘rabek Habibullaev - Ef Marsyal (Filippin)
-92 kg: Lazizbek Mullajonov - Aziz Abbes Mohiddin (Italiya)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Omar Mohamed Shiha (Norvegiya).
Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlari quyidagicha juftliklar bilan boshlanadi:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Chutamat Raksat (Tailand)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Yomna Ayyad (Misr)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Marselat Sakobi (Kongo Demokratik Respublikasi)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Morelle Makkeyn (AQSH). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar