Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin Rossiya matbuotiga intervyu berib, Osiyo futbolining rivojlanayotgani, O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiya o‘yinlaridagi o‘yinlari, salohiyati hamda imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Osiyo futbolida oldinga intilish, rivojlanish bor. O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari taraqqiyot uchun juda katta qadam tashlayapti. Kimlardir sekinroq odimlayapti. Hatto Indoneziya ham Osiyo kubogida ilk bor pley-offga chiqdi.
Albatta, Rossiya Premer-ligasini O‘zbekiston chempionati bilan taqqoslasa bo‘ladi, - dedi Aleksandr Krestinin.
Tajribali murabbiy O‘zbekiston terma jamoasining Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki haqida ham to‘xtaldi.
- Ispaniya – dunyodagi yetakchi futbol mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Olimpiada – juda jiddiy va nufuzli turnir. Bundan terma jamoaga qarshi maydonga tushganda qandaydir hayajon baribir bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, oxirgi 20 daqiqada juda katta ustunlik bilan o‘ynadi. Xavfli va qulay vaziyatlar bo‘ldi, biroq gol urish nasib qilmadi.
Ispanlar Osiyo jamoasi bilan katta muammo bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. O‘zbekiston terma jamoasi zo‘r kurash olib bordi. Durang o‘ynash uchun juda yaxshi imkoniyat ham bo‘lgandi.
Dadil tarzda Osiyo futboli ko‘tarilayotganini aytishimiz mumkin. U eng yuqori darajadagi musobaqalarda ham raqobatbardosh bo‘lib bormoqda, - dedi “Lokomotiv” bosh murabbiyi.
Shuningdek, Krestining Olimpiada futbol musobaqasining guruh bosqichida Misr terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan ikkinchi tur o‘yini borasida ham o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Misr bilan bo‘lajak bellashuvga maksimal darajada puxta hozirlik ko‘rish kerak. Oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. Ikkinchi tomondan O‘zbekistonning o‘ziga yarasha ustunligi bor. Tablodagi 0:0 hisobini ijobiy tomonga o‘zgartirishga urinish lozim, lekin raqib bunga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi, - dedi Aleksandr Krestinin.
Birinchi tur uchrashuvlaridan keyin “S” guruhida Ispaniya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. O‘zaro uchrashuvda golsiz durang qayd etgan Misr va Dominikan Respublikasi vakillari keyingi pog‘onalarni egallab turibdi.
O‘zbekiston sharchi oxirgi pozitsiyani egallab turgan bo‘lsa-da, keyingi bosqichga chiqish uchun hali juda yaxshi imkoniyatga ega. Qoidaga ko‘ra, guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar pley-offga yo‘llanma oladi.
Misr va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 27 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”