O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze "C" guruh 2-tur doirasidagi Misr (0:1)ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, jamoamiz shu o‘yindan so‘ng guruhdan chiqish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi.
"Bunaqangi erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Harakat qildik, ammo ilk o‘yindayam, bugun ham qayerdadir omadsizlik, qayerdadir tajribasizlik pand berdi.
Kelib ko‘rdik, eng alamlisi bundan yaxshiroq o‘ynashimiz va ikkala bahsda ham g‘alaba qozonsak bo‘lardi. Epizodlarda xatoga yo‘l qo‘ygan holda gol o‘tkazib yuborgan.
Keyingi safar kelganimizda bundan ham kuchliroq bo‘lamiz. Muxlislarga rahmat aytaman va uzr so‘rayman. Oldingi va bugungi o‘yindagi eng zo‘rlari muxlislar edi. Hali ularni g‘alabalar bilan xursand qilamiz", — dedi Timur Kapadze. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi