Foto: Getty Images
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3 avgust kuni Terens Kroufordga qarshi jang qiladi. Jang oldidan Madrimov o‘zbekistonlik muxlislarga murojaat yo‘lladi.
“Assalomu alaykum, vatandoshlar. Mana hozir jang bo‘ladigan arenada turibmiz. 3 avgustda shu yerdan g‘alaba bilan qaytishga harakat qilamiz. Buning uchun sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz va duo qilishingizni so‘rab qolaman.
O‘zbekistonimizga munosib g‘alabalar, kamarlar bilan qaytish nasib qilsin. Olg‘a, O‘zbekiston!”, — deydi Madrimov.
Isroil va Terens o‘rtasidagi jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Isroil va Terens o‘rtasidagi qarama-qarshilik birinchi o‘rta vazn toifasidagi WBA kamari uchun kechadi.
Terens Krouford professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.
Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar