Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining bugun jangini o‘tkazgan ikkinchi vakili ham g‘alabaga erishdi.
–71 kg vaznda ishtirok etayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev olimpiya o‘yinlaridagi debyutini Afrika o‘yinlari finalchisi, misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazdi va to‘liq ustunlikka erishib (5:0), 1/4 finalga chiqdi.
Kun davomida –57 kg vazn toifasi vakili Abdumalik Halokov ham birinchi jangida g‘alabaga erishgandi.
Shu tariqa, Asadxo‘ja chorakfinalga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik 8-bokschiga aylandi.
Bungacha Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullajonov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Sitora Turdibekova, To‘rabek Habibullayev va Abdumalik Xalokov ham keyingi bosqichga chiqqan, Nigina O‘ktamova turnirni tark etgandi. –66 kg vazn toifasi vakili Navbahor Hamidova ilk jangini 1 avgust kuni o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschilarning keyingi janglari taqvimi:
1 avgust
1/4 final
–63,5 kg, Ruslan Abdullayev — Uatt Senford (Kanada)
1/8 final
–66 kg, Navbahor Hamidova — Morelle MakKeyn (AQSH)
1/4 final
–92 kg, Lazizbek Mullajonov — Keno Marley Machado (Braziliya)
2 avgust
1/8 final
–57 kg, Sitora Turdibekova — Lin Yu Ting (Taypey)
1/4 final
+90 kg, Bahodir Jalolov — Teremoana Teremoana (Avstraliya)
–51 kg, Hasanboy Do‘smatov — Saken Bibossinov (Qozog‘iston)
–80 kg, To‘rabek Habibullayev — Arlen Lopes (Kuba)
3 avgust
1/4 final
–57 kg, Abdumalik Halokov — Hose Kuiles Brotons (Ispaniya)
–71 kg, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Nikolay Tertenyan (Daniya). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar