Toshkentning “Lokomotiv” jamoasining rossiyalik bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin O‘zbekiston terma jamoasining Parij mezbonlik qilgan yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki va Abbosbek Fayzullayevning Yevropa ligalarida o‘ynay olish imkoniyatiga baho berdi.
Ma’lumki, Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Parijda futbolchilarimiz shiddatli va chiroyli o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, g‘alaba qozonishni uddalay olmadi.
Buning oqibatida bir ochko bilan kifoyalangan O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarini kutilganidan juda erta tark etdi.
- Aslini olganda, O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarida qatnashganining o‘zi katta natija. Bu musobaqaga chiqish uchun mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tish kerak. Ular Osiyo kubogida muvaffaqiyatli o‘ynadi va bu raqobatning kuchli ekani bois hammaga ham nasib qilavermaydi.
Olimpiadada Misrga qarshi bahsga nisbatan Ispaniya bilan bo‘lgan o‘yin ancha yaxshi chiqdi. Futbolda bunaqasi bo‘lib turadi va murabbiylar shtabi buni tahlil qilib chiqadi. Yo‘q joydan gol o‘tkazib yuborishdi, hujum chizig‘ida ishlar yurishmadi, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda.
Boshqa tomondan jamoa ispanlarga qarshi juda zo‘r o‘ynadi. O‘zbekiston terma jamoasi eng yuqori darajadagi musobaqalarda o‘ynashga tayyor, lekin futbol nuqtayi nazaridan bu Olimpiadada ozgina o‘xshamay qoldi.
Tajriba yetishmadi, degan fikrdan uzoqman, lekin futbolda bunaqa vaziyatlar bo‘lib turadi. Hatto, jahon chempionatlarida ham amaldagi g‘oliblar guruhdan chiqa olmagan holatlar bo‘lganini bir eslang. Olimpiya terma jamoasining murabbiylar shtabini yaxshi bilaman. Misrga qarshi ularning kuchi yetmadi, deb o‘ylamayman, - dedi Aleksandr Krestinin.
Rossiyalik taniqli murabbiy SSKAning yetakchi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning Yevropa kuchli ligalarida o‘ynash imkoniyatini ham yuqori baholadi.
- Abbosbek Fayzullayev SSKA, O‘zbekistonning milliy va yoshlar terma jamoalarining asosiy o‘yinchilaridan. Yana unga qanaqa tajriba kerak bo‘lishi mumkin?
Agar unga hammani qoniqtiradigan taklif bo‘lsa, boshqa ligalarga o‘tib ketadi. Uning pasportidagi yoshi kichik xolos, o‘yini bo‘yicha juda tajribali futbolchi darajasiga yetib bo‘lgan.
Asab tizimi ham joyida va shuni inobatga olgan holda yana nimalarni o‘rganishi mumkin?
Bundan buyog‘iga Abbosbe faqat individual mahoratini oshirib boradi, buni har qanday futbolchi istalgan yoshda amalga oshirish imkoni bor. Fayzullayev eng yuqori darajadagi chempionatlarda o‘ynashga tayyor, - dedi Aleksandr Krestinin.
Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” akademiyasidan yetishib chiqqan iste’dod egalaridan. Bir yil muqaddam SSKAga 500 ming yevro evaziga ko‘chib o‘tgan 20 yoshli yoshli hujumkor futbolchimizning bugungi kundagi transfer summasi 6 million yevroga baholanmoqda. Fayzullayev bu ko‘rsatkichga ko‘ra, Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi