15:00 / 02.08.2024
150

Kutib oling, Shomurodov!

Kutib oling, Shomurodov!
Bugungi kunda O‘zbekistonning eng mashg‘ur futbolchisi Eldor Shomurodov hisoblanadi. Yurtimiz futbol ishqibozlarining yangi mavsumda 29 yoshli hujumchidan umidlari katta.

Chunki Eldor 2026 yilgi jahon chempionati saralash turnirining eng muhim bosqichida terma jamoamizga yetakchilik qilishi kerak.

Srechko Katanes shogirdlari Osiyo qit’asining 3-saralash bosqichida “A” guruhida Eron, Qatar,
Birlashgan Arab Amirliklari, Qirg‘iziston va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakillari bilan raqobatlashadi.

Bularning bari bilan o‘ynasa bo‘ladigan jamoalar. Hammasi bilan o‘ynash tajribamiz bor. Mutaxassislar qur’ani qulay keldi, deyishmoqda. Xalqimiz futbolchilarimizning Olimpiya o‘yinlaridan keyin tarixda ilk bor jahon chempionatiga chiqishiga ishonmoqda.

Murakkab uchrashuvlarda Eldor haqiqiy yetakchiligini namoyish qilishi shart. Buning uchun terma jamoa sardori klublar miqyosida ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Shu ma’noda, Shomurodov qisqa fursatda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan keyin Eldor Trigoriyadagi klub bazasiga yetib borgan va “Roma” mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

- Eldor Shomurodovni Trigoriyada kutib olishdi. O‘zbek hujumchisi “Kalyari”dagi bir yillik ijara muddatidan keyin terma jamoasi bilan Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi va jamoa mashg‘ulotlariga endi qo‘shilishiga imkon bo‘ldi.

Shunga qaramay, forvardning Trigoriyadagi mashg‘ulotlari uzoq davom etmaydi. Shomurodov bosh murabbiy Daniele De Rossining keyingi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan va o‘ziga yangi jamoa izlashi kerak
, - deb yozdi calciocasteddu.it sayti.

Italiyaning ayrim nufuzli manbalari Shomurodov mashg‘ulotlarga kirishganini va hujumchiga dastlabki xaridor borligini va “Roma” bilan muzokaralar boshlangani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

- “Roma” yangi mavsum bo‘yicha ishlashda davom etadi. Klub sport direktori Floran Gisolfi “Jirona” markaziy hujumchisi Artyom Dovbik transferini hal qildi.

Jamoa a’zolari kunning dastlabki mashg‘ulotlarini sportzalda o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlarga Olimpiya o‘yinlaridan qaytgan Eldor Shomurodov ham qo‘shildi. U jamoaga yangi qo‘shilgan Dal va Sule kabi yangi o‘yinchilar bilan birga shug‘ullanmoqda
, - deb yozdi ilromanista.eu sayti o‘z internet sahifasida.

Ma’lumotlarga qaraganda, Shomurodovni “Verona” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 121 yillik tarixga ega bu klub faoliyatini yoritib borayotgan sayt ham transfer masalasida xabar tarqatdi.

- “Verona” o‘tgan mavsumni “Kalyari”da ijarada o‘tkazgan “Roma”ning 29 yoshli hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. O‘zbek hujumchisi sardiniyaliklar safida 3 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi.

Undan oldin yarim mavsum “Spetsiya”da o‘ynab, 16 ta uchrashuvda bitta gol va ikkita golli uzatma qayd etgan edi.

Shomurodov “Roma”dagi faoliyati davomida jami 46 ta o‘yinda olti marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, yana shuncha golli pas bergan. Rimliklar uni “Jenoa”dagi debyut mavsumida 32 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, ikkita assistni amalga oshirganidan keyin 2021 yilning yozida sotib olgan edi.

Bu hujumchining transfermarkt.world portalidagi transfer summasi 5 million yevro ekani ko‘rsatilgan, biroq “Verona” uni keyinchalik sotib olish majburiyatisiz bir yilga ijaraga olmoqchi
, - deb ma’lumot tarqatmoqda tggialloblu.telenuovo.it sayti.

Demak, Italiyada transfer oynasi kuzning ilk kunida yakunlanishini inobatga olsak, avgust oyida Eldor Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishini kutamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kutib oling, Shomurodov!