1 153
Do‘smatovning azaliy raqibi alamli mag‘lubiyatni qanday qabul qildi? Qozog‘istonliklar nima deyapti?
Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.
Olimpiadaning eng keskin va murosasiz bellashuvlaridan biri 51 kilogrammagacha vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov va qozog‘istonlik Saken Bibossinov o‘rtasida kechdi.
Keyingi paytda o‘zbek va qozoq bokschilarining ringdagi to‘qnashuvini “el-klasiko” nomi bilan atash urf bo‘lgan. Bu galgi bahsgacha har ikki charm qo‘lqop ustasi o‘zaro uch marotaba ro‘baro‘ kelgan edi. 2021 yilgi ilk to‘qnashuvda qozoq bokschisining qo‘li baland ko‘tarilgan.
Keyinchalik 2022 va 2023 yilgi janglarda Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozonib, umumiy hisobda oldinga chiqib oldi.
Parij Olimpiadasiga har ikki yigit faqat oltin medalni ko‘zlab kelgan. Hasanboy ikkinchi bor Olimpiada shohsupasiga ko‘tarilmoqchi. Saken esa, bu gal cho‘qqini ilk bor zabt etish imkonini qidirayotgan edi.
“Finaldan oldingi final” deya ta’riflangan jangning birinchi raundida Saken Bibossinov ochkolar hisobida oldinga chiqib oldi. Lekin bellashuvning qolgan qismida o‘zbekistonlik “Professor” bexato harakat qildi va yakunda g‘alabani ilib ketdi.
Hasanboy Do‘smatov yarim finalga chiqib, kamida bronza medalni naqd qildi, lekin u yana chempion bo‘lish orzusida yurishini davom ettiradi.
Uchrashuvdan keyin Saken Bibossinov jang borasida fikr bildirdi:
- Hammasini o‘zingiz ko‘rdingiz. Qo‘limdan kelganini qildim. Jangda 2:3 hisobida yutqazdim. Raqibimni g‘alaba bilan tabriklayman va unga omad tilayman.
Hasanboy asosiy raqibim edi, uni yutganimda hech bo‘lmaganida bronza medalga ega chiqardim. Hammasi Xudodan.
Olimpiadada yurtim sharafini himoya qilish imkoniga ega bo‘lganimdan minnatdorman. Lekin buni yetarli darajada uddalay olmadim, deb hisoblayman.
Tokio Olimpiadasidagi bronza medaldan keyin bu gal oltin medalni qo‘lga kiritmoqchi edim. Qattiq tayyorgarlik ko‘rgandim. Xatolar bo‘ldi, endi ular ustida ishlaymiz. Barcha muxlislardan, oilamdan meni qo‘llab-quvvatlab turganlari uchun minnatdorman.
Mag‘lubiyat alamli bo‘ldi. Hakamlar mening qo‘limni ko‘tarmadi. Men ring ichidagi ishlarga javob beraman. Qo‘limdan kelganicha harakat qildim, - dedi Saken Bibossinov.
Qozog‘iston terma jamoasi bokschilarining Olimpiadadagi ishtirokini tahlil qilib borayotgan ushbu mamlakatning tajribali murabbiy va ekspertlaridan biri Tursungali Yedilov Saken Bibossinov Hasanboy Do‘smatovga toza yutqazganini ta’kidladi.
- Bu Olimpiadada erkaklar o‘rtasidagi boks musobaqalarida faqat bitta medal bilan kifoyalanishga majburligimiz achinarli. Bu medal uchun Nurbek Oralbayga rahmat.
Saken Bibossinovga ham achinaman, albatta. Lekin u toza yutqazdi.
Birinchi raundda Saken juda yaxshi harakat qildi, biroq Do‘smatov keyin faollikni oshirdi. Hasanboy faolroq ishladi, ko‘proq va aniqroq zarba berdi. Bizning jangchi bunga moslasha olmadi, - dedi Tursungali Yedilov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”