O‘zbekiston vaqti bilan 4 avgust tongida AQSHning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu oqshomning markaziy jangida Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun to‘qnash keldi.
Dastlabki raundlarda bokschilar bir-birini o‘rganishga harakat qilgan bo‘lsa, keyingi raundlarda ikkalasi ham bir qancha xavfli zarbalarni almashtirishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi raundlarda o‘zbekistonlik bokschi bir qancha xavfli zarbalarni yo‘lladi. 11-raundda esa Krouford faollikni oshirdi.
Yakunda hakamlar ochkolar evaziga (116-112, 115-113, 115-113) Terens Kroufordning g‘alabasini e’lon qildi.
Terens Krouford bunga qadar professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan edi.
Madrimov esa oldingi jangida 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.
Isroil Madrimov, Terens Krouford, professional boks “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi