Foto: Mark Robinson / Matchroom Boxing
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Terens Kroufordga qarshi jangdan keyin mag‘lubiyatni tan olmadi va revansh so‘radi.
«Terens bungacha deyardi barcha janglarini nokaut bilan yutgandi. Bugun esa men oxirigacha munosib kurashdim va jangda g‘alaba qozondim, deb o‘ylayman.
Bugungi jangdan keyin men revansh so‘rayman. Janob shayx al Turkidan revansh jangini tashkil qilishni so‘rab qolaman. Bugun jang nazoratim ostida o‘tganini barcha ko‘rdi. Keyingi janglarni ham shu darajada o‘tkazishga harakat qilaman.
Ha, Terens jahonda zo‘r bokschi, men esa hali 10 ta jang o‘tkazgan edim. Shunga qaramay, Kroufordga qarshi munosib jang olib bordim deb o‘ylayman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. InshaAlloh, hali qaytaman», - deydi Isroil Madrimov jangdan keyin.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov professional faoliyatidagi 11-jangida hakamlar qarori tufayli ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Terens esa 41-jangida ham g‘alaba qozondi va WBA kamarini qo‘lga kiritib, 4 ta vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi