Bugun O‘FA anjumanlar zalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamizning Parij sari bosib o‘tgan yo‘li, tayyorgarlik va Olimpiadadagi ishtiroki bo‘yicha so‘z yuritildi.
- Assalomu alaykum, albatta, 3,5 yil oldin rahbariyat oldimizga yuqori maqsadni qo‘ydi. Bu davr mobaynida katta yo‘lni bosib o‘tdik. Ko‘plab yoshlarga futbolda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilindi, "Olimpik" jamoasidan terma jamoaga chaqiruvlar olishdi.
Bu jamoa ilk mavsumdanoq nimalarga qodirligini ko‘rsata oldi. Pro ligadan Superligaga yo‘l ola bildik va shu davrga qadar stabil o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Umuman olganda, 4 ta yirik musobaqada ishtirok etdik. Muxlislarimizni ishonchini oqlashga harakat qildik. Xudoga shukur, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Eng asosiy vazifa — Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Qolgan turnirlarda ham munosib ishtirok eta oldik, deb o‘ylayman.
Bizni qo‘llab-quvvatlagan rahbariyatga, muxlislarimizga va barchangizga rahmat aytaman. Futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida bor imkoniyatimizni ishga soldik. Endi bu tarix.
Tayyorgarlik va legionerlar haqida:
— Olimpiadaga keladigan bo‘lsak, Osiyo kubogidan keyin oldimizda ko‘p vaqt qolmagan edi. Avvalo Olimpiadaga yo‘l olishdagi yuk bilan biz 3,5 yil harakat qildik, buni quvonchi albatta bor edi.
Ko‘p legionerlarimizda chempionatlar tugagandi, kimlardadir charchoq sezildi, ba’zilar jamoa almashtirdi. Balki oldimizda ko‘proq vaqt bo‘lganda boshqacha bo‘larmidi. Tayyorgarlikka kelsak, aytganimdek, vaqtimiz ko‘p emasdi. Tarkib shakllantirishda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘ldi. Dukentda ham legionerlarsiz tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri keldi.
Yoshi katta futbolchilarimizning iqtidori, kuchini hammamiz yaxshi bilamiz. Futbolchilar bundan ko‘prog‘iga qodir edilar. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Ular uchun ham, biz uchun ham foydali bo‘ldi. Bu jamoaviy o‘yin. Eng asosiysi — biz barcha uchrashuvda g‘alaba qozonsak bo‘lardi, qayerdadir omad yetishmadi.
Ispaniya bilan o‘yin haqida:
— Ispaniyaning oxirgi o‘yinlarini tahlil qildik. Albatta o‘ziga yarasha kamchiliklarimiz ham bo‘ldi. O‘yinga qo‘ygan strategiyamiz yaxshi ishladi, ayniqsa, birinchi bo‘limda ish berdi. Lekin ikkinchi bo‘limda Ispaniyaga imkoniyat berdik.
Ularga qarshi to‘g‘ri pressing qilib, imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Bu o‘yindan keyin jamoa bilan ularning va o‘zimizning o‘yinimizni tahlil qildik. Biz o‘sha kuni raqibdan kuchsiz emasdik, eng kamida durang qayd etishimiz mumkin edi.
Umuman olganda, bundan ko‘prog‘ini kutgandik, biroq bizga omad yetishmadi. Eng muhimi biz katta tajribaga ega bo‘ldik.
Misr bilan o‘yin va Jaloliddinov haqida:
— Jasur o‘sha o‘yinda charchadi. Shu sababli almashtirdik. Birinchi o‘yinda ham ko‘p kuch yo‘qotdik. Raqib qarshi hujumlarda bizga muammo tug‘dirdi. Ular zich himoyalanishdi, lekin yetarlicha imkoniyatlarimiz bo‘ldi.
Taqvim haqida:
— Ilk uchrashuv ko‘p narsaga oydinlik kiritadi. Birinchi o‘yinda yutsangiz, keyingi o‘yinlarda bosim bo‘lmaydi. Biroq taqvim bizga bog‘liq bo‘lmagan holat edi. Raqiblarimiz ham o‘ziga yarasha kuchli. Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q edi.
Bundan ko‘prog‘ini albatta amalga oshira olardik. O‘yinlarda yetarlicha vaziyat yaratdik. Qayerdadir bosim xalaqit berdi.
"Olimpik" klubidagi faoliyati haqida:
— Ta’tilga chiqmoqchiman. 3.5 yildan beri dam nimaligini bilmadim. Chempionat o‘yinlari tugasa, yig‘inlar bo‘lib o‘tdi.
Asosiy vazifani bajardik. Olimpiadada ishtirok etdik. Loyihadagi missiyam tugadi. Yil oxirigacha dam olmoqchiman. "Olimpik"ni yordamchi murabbiylar boshqarishadi.
"Olimpik"ning kelajagi nima bo‘lishini bilmayman. Buni rahbariyat hal qiladi. O‘zimga kelsak, ta’tildan so‘ng nima qilishimni o‘ylab ko‘raman.
Avvalo Prezidentimizga, O‘FA rahbariyatiga, muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Sizlar bilan barcha yutuqlarga erishdik, sizlar bizga motivatsiya berdingiz, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatladingiz.
Murabbiylar shtabiga, ishchilarga, barcha-barchaga rahmat aytaman, ularning ham natijalarda hissasi bor.
Hech bir futbolchiga e’tirozim yo‘q. Aytganimdek, biz bundan ko‘prog‘ida qodir edik.
Vatan jamoasini sevishda, qo‘llab-quvvatlashda charchamanglar. Futbolchilarimizni yaxshi kunida ham, qiyin kunida ham yonida bo‘laylik. Ular ham bu mas’uliyatni his qilishib maydonda boshqacha harakat qilishadi.
Barchangizga rahmat, sog‘ bo‘linglar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar